AQŞ moliya vazirligi e'lon qilgan hisobotda AQŞning bir foiz eng boy odamlari bir yilda 163 mlrd dollar soliq tölamagani ma'lum qilindi. The New York Times naşrining yozişiça, bunga qarşi çoralar körilmasa, unda soliq tölanmasligidan köriladigan zarar yaqin 10 yil içida 7 trillion dollarni taşkil etadi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'muriyati nopok soliq tölovçilarga qarşi kuraş olib bormoqda. Hukumat bu maqsadda AQŞ soliq xizmatiga 80 mlrd dollar ajratmoqçi. Uşbu mablağlar davlat ğaznasiga soliq tölamaslikka imkon beruvçi sxemalarni aniqlab, ularga çek qöyişda yordam beruvçi xodimlar ştatini kengaytirişga sarflanadi.
Hisobot muallifi Nataşa Sarinning ta'kidlaşiça, soliq xizmati boy amerikaliklarga nisbatan soliq qonunçiligini tegişli ravişda qöllaşi uçun minglab varaq murakkab soliq deklaratsiyalarini rasşifrovka qila oladigan professionallarni yollaşi lozim.
Biroq respublikaçilar partiyasi va biznes-lobbi vakillari bu ğoyaga şubha bilan qaraşmoqda. Ularning fikriça, soliq xizmati vakolatlarini kengaytirişga qaratilgan çoralar fuqarolarning şaxsiy hayotiga daxl qiliş hisoblanadi.
Bayden iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş böyiça 3,5 trln dollarlik çoralar paketini qabul qilmoqçi. Uşbu reja boy amerikaliklar va yirik korxonalar uçun soliq qiymatini oşiriş hisobiga amalga oşirilmoqçi. Biroq AQŞning amaldagi soliq qonunçiligida badavlat odamlarga soliqdan qoçiş imkonini beruvçi “tuynuklar” mavjud. Ulardan biri hayotni suğurtalaş xususiy polislari bölib, bunda mijozlar kiritgan mablağlarga soliq solinmaydi va suğurta şartnomasi muddati yakunlangandan keyin yoki suğurta holati yuz berganda pullar töliq hajmda mijozga qaytariladi.












