Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi maktabda öquvçilar parta bölmagani uçun polda ötirgan holda dars ötgani haqida video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat böyiça munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, Yakkaboğ tumani xalq ta'limi bölimiga qaraşli 39-maktabda sinfxonada parta bölmagani uçun öquvçilarning polda ötirib dars ötgani holati böyiça viloyat prokuraturasi tomonidan işçi guruh tuzilgan. Işçi guruh hozirda hodisa tafsilotlarini örganmoqda.

«Işçi guruh tomonidan videodagi maktab xonasida öquvçilar polda ötirgan holda dars maşğulotida qatnaşayotgani aks etgan lavhaning haqqoniyligi örganilib, huquqiy baho berilişi ta'minlanadi», deyiladi viloyat prokuraturasi munosabatida.

Kun.uz mazkur holat böyiça viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov bilan boğlandi. Uning aytişiça, Yakkaboğ tumanidagi 39-maktab joriy yilda 3 milliard 102 million sarflanib kapital ta'mirlangan. Undagi eski partalar yangisiga almaştiriş uçun çiqarib taşlangan. Yangi partalarning bir qismi maktabga yetkazilgan. Yana bir qismi esa bugun-erta yuboriladi va sinflar yangi parta bilan jihozlanadi.