Xitoyning China Railway Tunnel Group Co, Ltd (CRTG) kompaniyasi Gruziyaning Krestovoy dovonida uzunligi 9 kilometrli avtomobil tonneli qurilişini boşladi.

“Bu asr loyihasi bölib, u Tbilisidan Kazbekka atigi 1,5 soatda boriş imkonini beradi”, – dedi Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvili quriliş işlari boşlanişiga bağişlangan marosimda.

Uning sözlariga köra, yölning uşbu uçastkasidan kuniga 3-4 mingta avtomobil ötadi.

Garibaşvilining ta'kidlaşiça, u Kavkazdagi eng katta tonnel böladi.

“Loyiha qiymati 1,2 mlrd larini (385 mln dollar) taşkil etadi”, – dedi u.

Xabar qilinişiça, diametri 15 metrli uşbu tonnelni qaziş uçun Xitoyda maxsus burğilaş maşinasi tayyorlangan va Gruziyaga olib kelingan.

Quriliş işlari yakuniga yetgaç, uzunligi 34 kilometr bölgan Kveşeti–Kobi yöli 11 kilometrga, masofa vaqti esa 1 soatga qisqaradi.

Loyiha 2024 yilda yakunlanişi rejalaştirilgan.