U Farğona viloyatining Toşloq tumanida yaşaydi. II guruh nogironi bölgan Azizbekning ayni paytdagi kasbi payvandlovçi mutaxassis, lekin u sport murabbiyi ham, böş vaqtlarida esa haydovçilik ham qiladi.

Azizbekni zamonamizning çinakam qahramoni deyiş mumkin. Hayot uni jiddiy sinovlarga röbaru qilgan bölsa-da, u kuraşdan töxtamagan. Ayni paytda Azizbek özining payvandlaş ustaxonasida turli buyumlar yasab sotadi.

Bir yarim yoşligida maş'um voqea röy bergan. Azizbek u kunlarni eslay ham olmaydi.

«Qiş faslida sandal öti yangilangan, men uxlab yotgan paytimda noxos uning içiga dumalab tuşib ketganman. Jiddiy kuyiş bölgani sababli oyoqlarimni kesib taşlaşgan ekan. Öşandan buyon II guruh nogironiman. Odatda protez taqib yuraman.

Maxsus nogironlar maktabiga bormaganman. Mahalladagi tengqurlarim bilan maktabga qatnaganman. 1-sinfdan boşlab tumandagi 25-maktabda tahsil oldim. Bu yerda 6-sinfgaça öqigaç, 7-9-sinflar uçun iqtidorli bolalar litseyida öqişni davom ettirdim.

Şundan söng Marğilon iqtisodiyot kollejida öqidim. Otam rahmatli «seni buxgalteriya sohasida öqitaman», derdi. Otamning ra'yiga qarşi bormay, buxgalteriya sohasini tamomladim.

Buxgalteriya sohasida işlaşimga közim yetmadi. Şunday qilib boşqa kasbga özimni yönaltirib kördim. Qarangki, bu kasb payvandlovçilik böldi.

Rahmatli otam issiqxona qurgan vaqtda uyimizga ustalar kelgandi. Ularning issiqxona quriş jarayonini kuzatib turib, payvandlaş işiga qiziqib qoldim», deydi u.

Sport sohasidagi yutuqlari

Azizbek yadro, disk, nayza uloqtiriş, armrestling, pauerlifting (toş kötariş), töpponçadan öq uziş kabi sport turlari bilan şuğullanadi. Xalqaro musobaqalar sovrindori bölgan. Hozir özi musobaqalarda qatnaşiş bilan birga, murabbiylik ham qilmoqda.

«Nogiron bölsam-da soğlom döstlarimiz bilan futbol öynab, sport tögaraklariga borganim uçun ham har jabhada yetti muçasi soğ bolalardan özimni kam deb bilmaganman.

2010 yil Kuvaytda bölib ötgan Osiyo gran-prisida yadro uloqtiriş böyiça 3-örinni qölga kiritdim. Armrestling yönalişi böyiça 2011 yil jahon çempionatida 5-örinni egallaganman. Osiyo çempionatida bu yönalişda 2 marta 2-örinni qölga kiritganman. Pauerlifting yönalişi böyiça Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida 2 marta faxrli 1-örinni qölga kiritdim.

Oğir atletika yönalişida 57 kg vaznda Özbekistonda bölib ötgan musobaqada 2-örinni qayd etganman. Pistoletdan öq otişda ham 2-örinni olganman. Yadro, disk, nayza uloqtiriş böyiça bir neça marta Özbekiston çempioni böldim. Hozirda sportning turli yönalişlarida şogirdlarni tayyorlab kelyapman. 2023 yilda bölib ötadigan Osiyo paraöyinlariga nasib etsa ham murabbiy, ham sportçi sifatida bormoqçiman», deydi qahramonimiz.

Velosiped va maşina

Oyoqlari protez bölişiga qaramasdan, u velosiped haydaşni yaxşi köradi.

«Har bir bola yoşligida özining velosipedi bölişini orzu qiladi. Rahmatli otam yoşligimda kiçkina velosipedça olib bergan paytda özlari minişni örgatgan. Velosiped haydaşni endi-endi boşlagan paytda köp marta yiqilganman. Lekin Yaratganga şukr, hozir qiynalmasdan velosiped haydayman», deydi Azizbek.

U maşina bir kun kelib korimga yarab qolar, deya 2008 yilda haydovçilikka öqib, haydovçilik guvohnomasi ham olgan. Hozirda ijaraga «Matiz» avtomobilini olib haydayapti.

«Köpçilik hayron bölib söraşadi. Pedallarni qölga olib maşina haydayapsanmi, qiynalmayapsanmi deb. Hozirça nogironlar uçun çiqarilgan maxsus maşina minganimça yöq. Pedalga protez oyoqlarimni tekkizib hamma qatori maşina haydayman.

Ilk marta maşina boşqarganimda qiynalgandim. Spidometr neçida ketayotganligiga qarab gazni bosayotganligimni his qildim. Oyoğim pedal bosayotganimni his qilmadi. Motorning ovozidan gaz berilayotganini his qilib turdim. Endi esa bemalol maşina boşqaryapman. Hatto «svarka» işidan çarçaganimda taksiçilik bilan şuğullanyapman», deydi Azizbek.

* * * 

Azizbek bilan suhbatimiz qizigandan qizib qoş qorayganini sezmay qolibmiz. U ustaxonasidagi anjomlarni saranjomlab yiğiştirdi-da, hovlida donlab yurgan ördaklarini katakka qamab, maşinasini öt oldirib, biz bilan xayrlaşdi. U taksiçilar turadigan «pitak»ka oşiqardi...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.