Gulbahor Ortiqova Farğona viloyati Toşloq tumani Arabmozor qişloğidan. U yoşligidan ğişt quyib keladi va hozirgaça şu kasb ortidan rözğor tebratadi. “Oilada uç qizmiz, tönğiç farzandman, ota-onamga öğil farzand örnidaman. Bahordan to kuzgaça ğişt quyib topgan pulimga qişga zahira sifatida oziq-ovqat ğamlayman. Bir kunda 1200 ta ğişt quya olaman”, – deydi u.
Gulbahor Ortiqova 7-sinfda öqiyotgan paytidayoq ğişt quya boşlagan.
“36 yoşdaman. Yoşligimdan beri ğişt quyaman. 7-sinfda öqiyotganim kezlarimdayoq törttalik qolipda otamga yordam berardim. Öşanda bir kunda 200-300 tagaça ğişt quyardim. Otam loy qilib berardi. Hozir loyimga qarab bir kunda 1000-1200 ta ğişt quyaman. 1200 ta ğişt bölmaguniça dam olmayman.

Tuşlikkaça 600-700 ta, tuşdan keyin 400-500 ta ğişt taşlab qöyaman. Uyda töplanib qolsa, xaridorlarga telefon qilaman darrov kelişib yuklaşib olib ketişadi. Ayni kunlarda bir dona ğiştni 400 sömdan sotyapman.

Aslida menga oğir yumuş bilan şuğullaniş mumkin emas. Tutqanoğim bor. Ilojsizlikdan, ota-onam, rözğor uçun işlaymanda. Ota-onam kasalikkka çalingan. Onamning közi körmaydi. Ularga özim qarayman-da. Mening boyliklarim ular.

Bahordan sovuq tuşguniça tinimsiz ğişt quyaman. Oilamiz katta, singlimning turmuş örtoği vafot etib, bir etak farzandlari bilan ota uyiga qaytib kelgan. Qiş uçun töplagan pulimga 10 ta yelim idişda yoğ, 10-15 qop un, kömir, kartoşka, piyoz sotib olib ğamlab qöyaman.

Bir kamaz tuproqni 400-500 ming sömga sotib olaman. Undan 5000 tagaça ğişt çiqadi.
Köpçilik qilayotgan işimni körib erkak kişi qiladigan iş, oğir emasmi deyişadi. Yöq, işimdan faxrlanaman. Çunki şu kasb orqasidan ota-onamni, farzandlarimni boqyapman”, – deydi ğişt quyuvçi opa.








