Italiya çempionatining 3-turida «Roma» öz maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, qöşib berilgan daqiqalarda ğalabani ilib ketdi. 

Birinçi bölimda Kristante hisobni oçdi, ikkinçi bölim boşida Juriçiç muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada esa Şomurodovning uzatmasidan söng El-Şaaravi supergol urib, rimliklarga muhim 3 oçkoni keltirdi.

E'tiborlisi, bu bahsda «börilar» ustozi Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi 1000-öyinini ötkazdi.

«Roma» oçkolarini 9taga yetkazib, töplar nisbatiga köra peşqadam bölib oldi.  «Sassuolo» 4 oçko bilan 9-poğonada qoldi. 

A Seriya. 3-tur
Roma — Sassuolo 2:1
12 sentabr, «Olimpiko»
Gollar: Kristante (37), El-Şaaravi (90+1) — Juriçiç (57).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Mançini, Rojyer, Vinya, Mxitaryan (El-Şaaravi, 70), Veretu (K.Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Şomurodov, 74), Abraham. 
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikeş, Ferrari, Rojyerio, Juriçiç (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiriopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).