Qiliçboy ovulidagi fermer rejadagi 45 tonna örniga 45,2 tonna paxta topşirgan. Fermer 45 gektar yerga paxta ekkan.

Xöjalik rahbari Qahramon Aşirovning aytişiça, davlatga paxta topşiriş rejasini u 5 iş kunida bajargan. Uning qöşimça qilişiça, kuniga 10 tonnadan ortiq paxta xomaşyosi terib olingan.

Hozirgi kunda yana qöşimça 12-14 tonna paxta topşiriş rejalaştirilmoqda. Xöjalikda 200 nafardan ortiq terimçilarga paxtaning bir kilogrammiga 1 200 sömdan berilmoqda.

Ma'lumot uçun, Amudaryo tumanida paxta teruvçi 290 ta terim otryadlarida paxta teriş işlariga jalb etilgan. Jami 23 ming 266 nafar terimçilar hosilni yiğişda iştirok etmoqda. Terimçilarning 9 ming 283 nafari paxta töqimaçilik klesteri va fermer xöjaliklarining işçilari bölib, 13 ming 983 nafari uyuşmagan aholi vakillaridan iborat.

Eslatib ötamiz, oldinroq bu yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida Qoraqalpoğistonning çekka tumanlarida terimçilarga 230 sömdan ustama haq tölanişi aytilgandi.