Fransiya janubida yuz bergan suv toşqinlari oqibatida dala va yöllar suv ostida qoldi, yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Associated Press (AP) agentligi.

“Noqulay ob-havodan jabr körgan barça aholini qöllab-quvvatlayman va ularni kelayotgan kunlarda huşyor bölişga çaqiraman”, – dedi Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen.

Nim va Monpele şaharlari orasidagi hududda kuçli yoğingarçiliklar natijasida suv toşqini yuz berdi va uylar hamda yöllar suv ostida qoldi. Çorşanba kuni yana yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.

Mahalliy hokimiyatning xabar berişiça, hududdagi infrastruktura jiddiy zarar körgan. Maktablar va qator yöllar yopilgan. 

Jabrlanganlarga yordam beriş uçun 900 nafarga yaqin öt öçiruvçi safarbar qilingan.