Şirinlikni işlab çiqarayotgan Odenwaelder Marzipan kompaniyasining ta'kidlaşiça, şirinlik kanslerning barça muxlislari uçun suvenir sifatida işlab çiqarilmoqda. Ma'lum qilinişiça, qandolat mahsulotini 2 yilgaça saqlaş mumkin.
“Uşbu şirinlik öyindan çiqib, öz xizmatini yakunlayotgan Angela Merkelning barça muxlislari yoki muxlisi bölmaganlar uçun suvenirdir. Şu sababli biz biror kim uni öz uyida suvenir sifatida örnatib qöyadi, deb umid qilmoqdamiz”, deb aytgan kompaniya menejyeri Tomas Zuber.
Ta'kidlanişiça, kompaniya 40 yildan beri faoliyat yuritib keladi va hanuzgaça öz mahsulotlarini işlab çiqarişda qöl mehnatidan foydalanadi. Ta'kidlanişiça, Merkel boşi körinişidagi şirinlikdan 500 dona işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
7 sentyabrda Merkel mamlakat parlamenti – bundestagda kansler sifatida oxirgi marta nutq sözlab, iqlim özgarişiga qarşi kuraş, “yaşil” energetikani rivojlantiriş, terrorçilik va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş mavzulariga töxtalib ötgan. Şu bilan birga, u koronavirusga qarşi emlaniş muhimligini ta'kidlab ötgan va fuqarolarni emlanişga çaqirgan.
26 sentyabrda Germaniyada parlament saylovlari bölib ötadi. 2005 yildan beri Germaniya kansleri lavozimini egallab kelgan Merkel joriy saylovlarga öz nomzodini qöymaslikka qaror qilgan. Saylovlarda ğalaba qozongan partiya kanslerni tayinlaş va hukumatni şakllantiriş imkonini oladi. Saylovlarda Merkel yetakçilik qiluvçi Xrinstian-demokratik ittifoqdan Armin Laşet, “Yaşillar” partiyasidan Annalena Berbok va Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan Olaf Şols kansler lavozimiga nomzodlar hisoblanadi.

















