Maktablar atrofida noma’lum shaxslar o‘quvchilarga xavfli shirinlik tarqatayotgani aytilmoqda
Tarmoqlarda tarqalgan videoda shunday shirinlik sabab bir bola vafot etgani aytilgan. Maktab vazirligi holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilayotganini, qandolat mahsuloti ekspertizaga berilganini, xulosasi kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
O‘zbekistondagi ayrim maktablar atrofida noma’lum shaxslar aylanib, bolalarga qulupnay ta’mli xavfli qand berib ketayotgani aytilgan videolar tarqaldi.
“14-maktabimizda bir bola shu qanddan yeb o‘libdi, shunga ehtiyot bo‘linglar. Sheroz, Yusufbek, birov qand bersa, yemanglar. Hotamsher ro‘zaligi uchun uyga ko‘tarib olib kelibdi…
Xudoga shukr, ro‘zaligi sabab yemagan edi, “aya, buni o‘rtog‘im berdi” deb qo‘limga olib kelgandi, qarasam, xuddi shu qanddan ekan. Ertaga ustozining oldiga olib chiqaman, ustoziga aytdim, “olib chiqing, hal qilamiz” dedi. Shunga ogoh bo‘linglar”, – deyiladi videodagi murojaatda.
Yana bir videoda ham maktab o‘quvchilarining qo‘liga xuddi shunday qand tushib qolgani, noma’lum kishilar avtomobilda kelib, bolalarga tutqazib ketishgani aytiladi.
“Bizning maktabga ham, bizning mahallaga ham kelib bo‘libdi. Mashinada indamay berib ketishibdi. Boshlanibdi mana bizning mahallada ham, bolalarga, o‘quvchilarga ehtiyot bo‘linglar”, – deydi ayol.
Kun.uz holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landi. Matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni vaziyat IIO tomonidan o‘rganilmoqda. O‘quvchilar qo‘liga tushgan konfetlar ekspertizaga berilgan. Hali xulosa natijalari olingani yo‘q. Qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yilning eng uzun o‘yini: «Chelsi» va «Benfika» bahsi boshlanganidan 4,5 soat o‘tib yakunlandi
Sport | 13:36
-
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til
Jahon | 12:28
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
Mavzuga oid

16:37 / 28.06.2025
Davlat maktabida tijoriy ta’lim bo‘lmasligi kerak – pulli sinflarning oqibatlari haqida suhbat

11:40 / 20.06.2025
Prezident topshirig‘iga binoan Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi - Saida Mirziyoyeva

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

20:55 / 12.06.2025