Yaroqlilik muddati - mahsulot xavfsizligining yagona kafolati emas

Mutaxassisning tuşuntirişiça, mahsulotning yaroqlilik muddati ötmagan bölişi uning har qanday şaroitda xavfsizligini anglatmaydi. Bunda mahsulot qanday harorat va namlik şaroitida saqlangani, qanday taşilgani hamda qadoqning butunligi muhim ahamiyatga ega.

«Aynan şokolad mahsulotlari uçun belgilangan standart harorat 20 darajadan yuqori bölmasligi, nisbiy namlik esa 75–80 foiz bölişi kerak. Agar şu belgilangan talablarga rioya qilinmasa, hatto mahsulotning germetikligi buzilmagan taqdirda ham uning taşqi körinişi özgarişi mumkin. Ayniqsa, yoz oylarida yuqori harorat mahsulotning tez buzilişiga sabab bölişi mumkin», - deydi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi Mahsulotlar xavfsizligini nazorat qiliş boşqarmasining boş mutaxassisi.

Qurt mahsulotga qayerdan tuşadi?

Mahsulotning işlab çiqaruvçidan isteʼmolçigaça bölgan yöli bir neça bosqiçdan iborat: işlab çiqariş, qadoqlaş, taşiş, omborlarda saqlaş va savdo. Uşbu bosqiçlarning birortasida sanitariya qoidalari yoki saqlaş talablari buzilişi mahsulot xavfsizligiga taʼsir qilişi mumkin.

Mutaxassisning taʼkidlaşiça, mahsulot qadoqlangandan keyin ham uning xavfsizligiga taşqi omillar taʼsir qilişi mumkin. Masalan, taşiş vaqtida qadoq şikastlanib, unga havo kirişi yoki mahsulot notöğri haroratda saqlanişi ehtimoli mavjud.

«Isteʼmolga yaroqlilik muddati hali tugamagan bölsa ham, mahsulot notöğri saqlansa, notöğri taşilsa yoki qadoği buzilsa, uning xavfsizligi buzilişi mumkin. Taşqi taʼsirlar oqibatida ikkilamçi ifloslaniş yuzaga kelgan mahsulotni isteʼmol qiliş tavsiya etilmaydi».