AUKUS alyansini tuziş töğrisidagi kelişuv imzolanganidan söng Fransiya AQŞ va Avstraliyadagi elçilarini çaqirtirib olişga qaror qildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Iv Le Drianning qayd etişiça, uşbu qaror Avstraliya va AQŞning "jiddiy bayonotlari" sababli Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning körsatmasiga asosan qabul qilingan.
Vazir şuningdek, Avstraliyaning Fransiya suvosti kemalarini sotib oliş böyiça şartnomani bekor qilişini "nomaqbul harakat" deb atadi.
Avvalroq AQŞ, Britaniya va Avstraliya örtasida mudofaa sohasida yangi alyans – AUKUS’ga asos solindi.
Alyansning birinçi taşabbuslaridan biri sifatida Avstraliyani suvosti kemalari bilan ta'minlaş körsatilgan. Şu sababli Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkazib beriş böyiça şartnomadan çiqqan. Parij öz ittifoqdoşlarining bu qarorini “orqadan piçoq sançiş” deb baholagan.












