«2021 yil 18 sentabr holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168437 (+579) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallaniş holatlarining:
34 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
11 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
13 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
5 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
40 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Sirdaryo viloyatida,
18 nafari Surxondaryo viloyatida,
42 nafari Farğona viloyatida,
23 nafari Xorazm viloyatida,
106 nafari Toşkent viloyatida,
249 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kunlik holatlar pasaya boşladi, bu sönggi beş kundagi eng past körsatkiçdir - 14 sentabr kuni 604, 15 sentabr kuni 619, 16 sentabr kuni 624, 17 sentabr kuni esa 590ta yangi holat aniqlangandi. Bundan oldingi eng past körsatkiç 13 sentyabrda qayd etilib, bir kunda 531 kişida virus aniqlangandi.

Keça kun davomida: 

  • Qoraqalpoğiston Respublikasida 38 nafar, 
  • Andijon viloyatida 49 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 36 nafar, 
  • Qaşqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 84 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farğona viloyatida 43 nafar,
  • Toşkent viloyatida 210 nafar,
  • Toşkent şahrida 239 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 162055 (+780) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 96 foizni taşkil etmoqda.

SSV sönggi bir kunda koronavirusga çalingan bemorlarning yana 4 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boşidan buyon rasmiy statistika böyiça koronavirus tufayli qayd etilgan ölim holatlari soni 1188 nafarni taşkil qilmoqda.

18 sentabr kuni 109 kişida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 26177taga yetdi. Keça bemorlarning 478 nafari soğayib, umumiy soğayganlar soni 22314 nafarni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, 1 bemor vafot etib, şu kungaça pnevmoniyadan vafot etganlar soni 214 nafarga yetdi.