Rossiyada tarqalayotgan va «noma’lum» deb tavsiflangan virus mikoplazma pnevmoniyasi bölib çiqdi. Bu haqda «Rospotrebnadzor» xabar berdi.
Taşkilotning ta’kidlaşiça, tarqalgan xabarlarda virus «yangi» deb atalmagan, faqat «noma’lum» (çunki u aniqlanmagan) deb atalgan. Bu «mikoplazma pnevmoniyasi» bölişi mumkinligi taxmin qilindi va bu tez orada tasdiqlandi.
Şu bilan birga, «Rospotrebnadzor» vaziyat qattiq nazoratga olinganini ta’kidladi. Şuningdek, Rossiyada respiratorli infeksiyalar böyiça, şu jumladan ötkir respirator virusli infeksiyalar, gripp, Covid-19 va pnevmoniya böyiça epidemiologik vaziyat barqaror va töliq nazorat ostida ekanligini qöşimça qildi.
29 mart kuni mahalliy Telegram kanallar Rossiyada noma’lum virus paydo bölgani haqida xabar berdi. Ma’lumotlariga köra, bemorlar yuqori isitma va kuçli yötaldan şikoyat qilgan, Covid-19 va gripp testlari manfiy çiqqan.
Mikoplazma pnevmoniyasi - Mycoplasma pneumoniae tomonidan qözğatiladigan öpka atipik infeksiyasi. Kasallik kuçli va uzoq davom etadigan yötal bilan keçadi. Bunda harorat kötarilişi, kökrak qafasidagi oğriqlar kuzatilişi, bronxial obstruksiya rivojlanişi mumkin. Taşxisni tasdiqlaş uçun PZR testini ötkaziş tavsiya etiladi. Mikoplazma pnevmoniyasi odatda kamdan-kam hollarda juda oğir keçadi. Uşbu infeksiyaga qarşi vaksina yöq.

















