Xitoyda TikTok (Douyin) ilovasining 14 yoşdan kiçik bölgan foydalanuvçilariga nisbatan çeklovlar örnatildi, deb xabar berdi South China Morning Post.

Ilovani işlab çiqargan ByteDance kompaniyasining ma'lumotiga köra, bundan buyon 14 yoşdan kiçik foydalanuvçilar ilovani kuniga 40 daqiqadan ortiq işlata olmaydi. Bundan taşqari, ularda keç soat 10dan ertalabki 6gaça ilova işlamaydi.

Qayd etilişiça, uşbu çeklovlar Xitoy hukumatining yoşlarda "internet-qaramlik"ning oldini olişga qarşi kuraşi doirasida kiritilgan.

Şuningdek, ByteDance bolalar uçun TikTok ilovasiga öxşaş Xiao Qu Xing ilovasini işlab çiqdi. Xiao Qu Xing ilovasida asosan bilim beruvçi kontent joylaştirilgan va undan ham kuniga 40 daqiqagaça foydalaniş mumkin. 

Xitoy hukumati iyulda 16 yoşgaça bölgan bolalarning strimlarda çiqişi, yulduzga aylanişi, ularni internet orqali daromad olişga undaşni taqiqlagandi.

Hukumat bolalar internetidagi «voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga xavf soladigan» yetti muammoni sanab ötgan va yirik internet-platformalarga bu muammolarni hal qilişga buyruq bergan.