Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki AQŞ mutasaddi idoralari çegarada haitilik muhojirlarni ta'qib qilişda otlardan boşqa foydalanmasligini aytdi.
“Biz Del-Rioda boşqa otlardan foydalanmaymiz”, deb aytgan Psaki.
Psaki uşbu çoralar Meksika bilan çegarada otliq politsiya muhojirlarni quvlab yurgani suratlari va videolari tanqidiga javoban qabul qilinganini aytgan.
Avvalroq amerikalik otliq çegaraçilar çegarada haitilik muhojirlarni qamçi bilan haydayotgani ma'lum qilingan.
Oq uyda bu vaziyatga munosabat bildirilgan. Psaki prezident ma'muriyati çegaradagi uşbu vaziyatdan taşvişda ekanini aytgan. U e'lon qilingan kadrlarni dahşatli deb atagan va vaziyat nima uçun jamoatçilikning noroziligiga sabab bölganini tuşunişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, bunday vaziyatga yöl qöyib bölmaydi.
Psaki çegaraçilar özini bunday tutişi maqsadga muvofiq böladigan ssenariyni tasavvur qila olmasligini va Oq uy uşbu masala yuzasidan qöşimça axborot töplayotganini qöşimça qilgan.
Avvalroq AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp migratsiya inqirozi sababli AQŞ uçinçi dunyo davlatiga aylanişi mumkinligini aytgandi.











