AQŞ prezidenti Jo Bayden dunyo böylab emlaş jarayonini tezlaştiriş maqsadida Pfizer vaksinasini sotib olişni ikki baravar köpaytirayotganini e'lon qildi.

Qöşma Ştatlar kambağal mamlakatlar aholisini vaksina bilan ta'minlaşdagi öz majburiyatlarini kuçaytirmoqçi. Mamlakat prezidenti Jo Bayden Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi yiğilişida boy mamlakatlarni pandemiyani nazorat qiliş uçun köproq harakat qilişga undagan. Ayni paytda global emlaşning borişi boy va kambağal davlatlar örtasidagi tengsizlikni tobora kuçaytirib yubormoqda.

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş ham sammitda koronavirus oqibatida halok bölgan global qurbonlar soniga işora qilib, quyidagi fikrni bildirgan:

«Hozirgi kunga kelib butun dunyo soğliqni saqlaş tizimi muvaffaqiyatsizlikka uçradi, 4,5 million inson halok böldi. Bizda SOVID-19ga qarşi samarali vaksinalar mavjud va pandemiyani tugatişimiz mumkin. Şuning uçun men global emlaş rejasini sörayapman va umid qilamanki, uşbu sammit bu yönalişdagi samarali qadam böladi».

Baydenga köra, Qöşma Ştatlar yana 500 million doza vaksina sotib oladi va 2022 yilgaça AQŞning umumiy emlaş majburiyati 1,1 milliarddan ziyod dozaga yetkaziladi. Şu paytgaça AQŞ tomonidan yetkazib berilgan 160 million dozaga yaqin vaksina dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga tarqatilgan. Qolgan vaksinalar kelgusi yil davomida taqsimlanişi rejalaştirilgan.

«Öz mamlakatimizda pandemiyani tugatişimiz uçun uni dunyoning hamma joyida yengişimiz kerak», deb qöşimça qildi Bayden.

Boy mamlakatlar kelgusi yilning sentyabri – BMTning navbatdagi sammitiga qadar kambağal va örtamiyona davlatlar aholisining 70 foizini emlaş uçun vaksina yetkazib berişni öz zimmasiga olmoqda. Bayden uşbu vazifani global yordam guruhlari tomonidan qöyilgan oliy maqsad sifatida e'tirof etdi.

AQŞ prezidenti boşqa mamlakatlarni ham vaksina yetkazib berişda faolroq bölişga çaqirmoqda:

«Bizga boşqa yuqori daromadli davlatlar ham bepul vaksina yetkazib beriş böyiça va'da berişlari kerak. Badavlat mamlakatlar vaksinalarni kambağal davlatlarga sotişdan köra xayr-ehson qilişi va ularni «heç qanday siyosiy manfaatlarsiz» yetkazib berişi kerak».

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi ham 500 million doza vaksinani xayriya qilişga va'da bermoqda. Bu raqam ilgari e'lon qilingan miqdordan köproq hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, ötgan davr mobaynida dunyo böylab 5,9 milliard dozadan ortiq vaksina qöllandi, bu dunyo aholisining qariyb 43 foizi emlanganini anglatadi. Ammo taqsimotda juda katta tafovutlar mavjud. Köpçilik kam ta'minlangan davlatlar hatto aholining eng himoyasiz qismini ham emlaşga qiynalmoqda, ba'zilarida emlaş körsatkiçi 2–3 foiz atrofida. JSST ma'lumotlariga köra, kambağal mamlakatlarda işlatilgan vaksinalarning 15 foizi boy mamlakatlar tomonidan yetkazib berilgan.

BMT Boş assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy yiğilişda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etib, vaksinalardan teng va adolatli foydalaniş haqida fikr bildirgandi.

«Biz Birlaşgan Millatlar Taşkilotining «heç kimni e'tiborsiz qoldirmaslik, hamma uçun va barça joyda», degan tamoyil asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalaniş imkoniyatini yaratişga doir yondaşuvini töliq ma'qullaymiz», degandi Mirziyoyev.