Davlat bojxona qömitasi boşqarma boşliği, bojxona xizmati polkovnigi Farhod Olimjonovning aytişiça, «Davlat bojxona xizmati töğrisida»gi qonunning jami 9 ta moddasiga özgartiriş kiritiş nazarda tutilmoqda. Qonunni amalga kiritiş davlat budjetidan qöşimça xarajatlar talab qilmaydi.

«Davlat bojxona qömitasiga qöşimça bojxona auditi ötkaziş yuzasidan qöşimça huquqlar berilmoqda. Qömitada yangi taşkil qilingan «Bojxona auditi» tarkibiy tuzilmasiga tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini monitoring qiliş, sayyor tekşiruv ötkaziş huquqi berilmoqda.

Şuningdek, qonun loyihasida DBQ xodimlari tomonidan pulli xizmatlar körsatiş vakolatlari berilmoqda. Qonun qabul qilingaç, tadbirkorlarga ular tomonidan söralgan nokonfidensial va statistik ma'lumotlarni tahlil qilgan holda beriş, qöşimça xizmat itlarini tayyorlaş, veterinariya xizmatlarini körsatiş, bojxona postlarida böş turgan obektlarimizni ijaraga beriş kabi pulli xizmatlar körsatilişi mumkin», - dedi u.

Olimjonovning sözlariga köra, pulli xizmatlarni körsatişdan tuşadigan daromadlar DBQ jamğarmasiga tuşadi. Lekin uşbu jamğarmadagi pul taqsimoti Vazirlar Mahkamasining 62-sonli qaroriga asosan, tegişli miqdorda davlat budjet va qömitaga ajratiladi.

Şuningdek, oçiq ma'lumotlar portalida davlat bojxona qömitasi tomonidan undirilgan bojxona tölovlari va yiğimlari oçiqlab boriladi. 

«2021 yildan boşlab tovarlarni Özbekistonga kirişidan avval klassifikatsiya kodini aniqlab, dastlabki kodini aniqlaş böyiça tölov yiğimi 50 yevrodan bazaviy hisoblaş miqdorining 75 foizigaça arzonlaşdi. Avvallari bir yilda 10 tagaça dastlabki qarorlar berilgan bölsa, ayni vaqtda yiliga 3-4 ming atrofida bunday hujjat berilmoqda. Bu tovarlarni rasmiylaştiriş vaqtida tadbirkorlarning ortiqça vaqtini olmaslikka olib keladi", - dedi Davlat bojxona qömitasi mas'uli.