Afğonistonda avvalgi rejim paytida olingan barça pasportlar amalda böladi, ammo tez orada «Afğoniston islom amirligi»ning yangi namunadagi pasportlari berilişi boşlanadi. Bu haqda axborot va madaniyat vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.

«Mamlakatda amalda bölgan barça şaxsni tasdiqlovçi hujjat va pasportlar öz kuçida qoladi, biroq yaqin kelajakda beriladigan bunday hujjatlarda «Islom amirligi» körsatiladi», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi Bakhtar agentligi.

Oxirgi paytda Afğonistonda pasport beriş vaqtinça töxtatilgan bölib, bu ayrim şaharlarda noroziliklar keltirib çiqardi.

20 sentyabr kuni «Tolibon» rahbariyati Olam Ğulom Haqqoniyni Afğoniston IIV huzuridagi pasport beriş masalalari böyiça boş boşqarma rahbari etib tayinladi.