Öqituvçilardan majburiy pul yiğişga körsatma bergan Jarqörğon tumani hokimi örinbosari Anvar Rajabov işdan olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov ma’lum qildi.

“Jarqörğon tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlaridan pul mablağlari majburiy tartibda yiğilayotgani haqidagi xabar yuzasidan tayinlangan xizmat tekşiruvi yakunlandi.

Tekşiruv viloyat hokimi nazoratida ötkazilib, holatlar kompleks tarzda örganildi, hujjatlar tahlil qilindi va mas’ul şaxslarning tuşuntirişlari olindi. Natijada Jarqörğon tumani hokimining örinbosari Anvar Rajabov tomonidan berilgan körsatma amaldagi qonunçilik talablariga zid ekani, xususan, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani aniqlandi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotga köra, xizmat tekşiruvi xulosasiga muvofiq Anvar Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va uning harakatlariga huquqiy baho beriş uçun tekşiruv materiallari huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Kun.uz avvalroq Jarqörğon tumanidagi 33-umumta’lim maktabida öqituvçilardan majburiy pul yiğiş böyiça topşiriq berilgani haqida xabar qilgandi. “Hozir menga hokim örinbosari Anvar Rajabov telefon qildi. Ertaga ertalab soat 9:00 gaça 1 mln pulni hokimiyatga olib borib berişimiz kerak ekan! Darsim yöq edi, xabarim yöq edi demanglar”, deya yozgan maktab direktori Oysara Uzoqova öz topşiriğida.

Jarqörğon tumani hokimligi uşbu holat böyiça rasmiy munosabat berib, Anvar Rajabovga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilgani hamda kelgusida bu kabi qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik, xizmat vakolatlarini amalga oşirişda qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya etiş böyiça tuşuntiriş xati olingani va rasmiy ogohlantiriş berilganini ma’lum qilgandi.