09:02 / 28.09.2021
19256
Reklama

TVS Bank O‘zbekistonning 8 ta shahrida shou-rumlar ochmoqda. Shu yerda. Hozir

27 sentabr kuni Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 34-uy manzili bo‘yicha TBC Bankning birinchi mintaqaviy shou-rumining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank O‘zbekistonning yana 7 ta shahrida, ya'ni Buxoro, Qarshi, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Urganch va Farg‘onada o‘z shou-rumlarini ochadi. Ushbu shoxobchalarda TBC UZ ilova foydalanuvchilari unda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha malakali mutaxassislardan maslahatlar olishi, tasdiqlash jarayonidan o‘tishi va to‘laqonli mijozga aylanishi hamda kartaga ega bo‘lishi ham mumkin.

Samarqanddagi shou-rumning ochilishiga TBC Bankning Bosh direktori Vaxtang Butsxrikidze tashrif buyurdi. Vaxtang Butsxrikidze o‘zining tabrik nutqida quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi: “Shubhasiz, Samarqand, aholisi soni bo‘yicha O‘zbekistonning uchinchi shahri sifatida mintaqadagi bank sektori rivojlanishida katta salohiyatga ega. Raqamli bankning kengaytirilishi va shou-rumning ochilishi bankning muhim vazifasidir va biz ishonamizki, shahar aholisining raqamli mahsulotlarga tez o‘tishiga undashi mumkin”.

 

Bundan tashqari, Bank va shahar uchun muhim hisoblangan tadbirda Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarma boshlig‘i Otabek Tuxtayev, Kredit departament boshlig‘i Akbarali Baykabilov, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

TBC Bankning shou-rumlari standart bank filiallaridan tubdan farq qiladi. Bu yerda bank xizmatlari ko‘rsatilmaydi. Tashrif buyurganlarni qulay va shinam muhit kutmoqda, bu yerda ularni TBC xizmat va mahsulotlari bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga tayyor xayrixoh maslahatchilar kutib oladilar. Shourumlar ilovaning qanday ishlashini namoyish qilishga mo‘ljallangan planshetlar bilan jihozlangan.

“Bizning shou-rumlarimiz — TBC brendi bilan yuzlashadigan joy bo‘lib, bu yerga odamlar yordam va maslahat olish uchun kelishlari mumkin. TBC – shunchaki onlayn ilova emas, balki insonlar uchun yaratilgan hamda oddiy, shu bilan birga innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi brend ekanini foydalanuvchilarimiz his etishlarini istaymiz”, - deydi “TiBiSi Bank” ATB boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili.

TBC Bankning qolgan shou-rumlari 2021 yilning oktabr oyi mobaynida birin-ketin ochiladi.

Bugungi kunda shourumlardan tashqari TBC mijozlarini faollashtirish shoxobchalari (MFSh-shoxobchalari) ham ishlab turibdi. Ushbu shoxobchalarToshkentdan tashqari Chirchiq, Angren, Keles, Nazarbek, Samarqand, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Buxoro, Andijon, Asaka, Jizzax, Zomin, Urganch, Qarshi, Termiz, Nukus shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shou-rumlarda taqdim etiluvchi xizmatlarning biridan MFSh-shoxobchalarda ham foydalanish mumkin bo‘lib, TBCning mijoziga aylanishni istaganlar bemalol bu yerga tashrif buyurishlari mumkin. Manzillar bilan quyidagi havola orqali tanisha olasiz: tbcbank.uz/uz/tbc-locations

Eslatib o‘tamiz, 30 yillik tarixga ega bo‘lgan TVS Bank Gruziya va Kavkazortining eng yirik banki hisoblanadi. 2016 yildan buyon TVS Bank aksiyalarining savdosi London Stock Exchange London birjasida yuritiladi. O‘tgan yil davomida TBC Bank aksiyalarining London fond birjasidagi kotirovkasi 44,95% foizga o‘sib, kompaniya aksiyalarining umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshdi (784,14 mln funt sterling).

TVS Bank 2020 yilda mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Ayni damga qadar TBC.UZ ilovasining 800 000 martadan ko‘proq yuklab olingani alohida e'tiborga loyiq.

Bank pul o‘tkazmalari, muddatli to‘lov, to‘lovlarni amalga oshirish, bank kartalarini berish kabi xizmatlarni raqamli formatda ko‘rsatib kelmoqda. Barcha xizmatlardan TBC UZ ilovasi orqali foydalanish mumkin.

TVS Bank mahsulotlari to‘plamini yanada kengaytirish ustida ishlab, insonlar hayotini shu yerda va hozir osonlashtirishga bel bog‘lagan.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Facebook: @tbcbankuz

Instagram: @tbcbankuzbekistan

Telegram: @tbc_bank_uzb

Sayt:  tbcbank.uz

24/7 qo‘llab-quvvatlash markazi: +99878-777-27-27

TBC UZ dasturi: Android / IOS

Reklama huquqi asosida

Top