29 sentyabr kuni Senatning 19-yalpi majlisi öz işini boşladi. Majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva uy-joy sotib olişda subsidiyalar taqsimlanişiga oid muammoga töxtaldi.
“Ötgan va joriy yil daromadi yuqori bölmagan fuqarolarga uy-joy sotib oliş uçun subsidiya beriş tizimi joriy qilingandi. Biroq 19 mlrd sömdan ortiq subsidiya mablağlari özlaştirilmay qolgan. Buning sababi nimada? Odamlarda bu masalada ehtiyoj juda katta. Özlaştirilmay qoldi degan masala nima bilan boğliq?” — degan savolni örtaga taşladi Senat raisi.
Moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov bunga izoh berdi.
“Joylarda birinçi masala asosan rejalaştirilgan uy-joy massivlari qurilişida keçikişlar borligidir, buni tan olişimiz kerak. Iyul-avgust oylari davomida Özbekiston Respublikasi boş vaziri birinçi örinbosari bilan viloyatlarda bölib keldik, joylarda haqiqatan subsidiya ajratişda muammo bor. Asosiy muammo uy-joy qurişda keçikişlar bölayotgan bölsa, ikkinçi masala uy-joy oliş uçun kriteriyalarga mos kelmaslik holatlari mavjudligi.
Biz ipoteka bozorini rivojlantiriş böyiça dastur işlab çiqqanimizda ma'lum bir tölov qobiliyatiga ega oilalarni va daromadi past fuqarolarni uyning boşlanğiç badaliga foizni tölab berişni nazarda tutgandik. Lekin joylarda asosiy kötarilayotgan masalalardan biri bu oilalar butun mablağni tölab beriş masalasini qöyayotganidir. Buni alohida örganib çiqyapmiz, taklif beramiz”, — dedi vazir örinbosari.
Avvalroq davlat subsidiyalarini oliş uçun elektron platforma işga tuşirilgani ma'lum qilingandi. Kun.uz platforma qanday işlaşiga oid batafsil ma'lumot bergan edi.












