Qotillik 2018 yil 28 iyunda Capital Gazette naşri tahririyatida yuz bergan. Ramos uning jinoiy ötmişi haqida maqolalar yozgan naşr xodimlari bilan bir neça yil davomida sudlaşgan. U öşa kuni gazeta tahririyatiga kelib, miltiqdan jurnalistlarni öqqa tutgan.
Oqibatda 5 jurnalist halok bölgan, yana bir neça kişi jarohat olgan. Jinoyatçi voqea joyida qölga olingan va qamoqqa jönatilgan.
2019 yilda Ramos özini barça 23 ta ayblov bandi böyiça aybdor deb topgan, biroq uşbu qotillik uçun javobgar böla olmasligini aytgan. Biroq hukm çiqaruvçilar sudi 2021 yil yozida Ramosni öz qilmişi uçun javob bera oladigan darajada şuurli deb topgan.
“Sudlanuvçi muddatidan oldin şartli ozod böliş huquqisiz 5 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U, şuningdek, yana bitta umrbod va 345 yillik qamoq jazosi oldi”, deb ma'lum qilingan prokuraturada.












