Yevropa Chempionlar Ligasida 4ta guruhda 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

A guruhida markaziy o‘yinda «PSJ» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi. Guyye hisobni ochgan bo‘lsa, Messi Parij klubidagi debyut golini urdi. «Bryugge» esa safarda «Leypsig»dan ustun keldi.

V guruhida «Liverpul» mehmonda «Portu»ni tor-mor etib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Atletiko» esa Milanda kambek qilib, 90+4-daqiqada g‘alabani ilib ketdi.

S guruhida «Borussiya» D va «Ayaks» navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

D guruhida «Sherif» Madridda «Real» ustidan tarixiy g‘alabaga erishdi. Moldova klubining ilk goli o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev hisobiga yozildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida «Inter» Ukrainada «Shaxtyor» bilan murosa yo‘lini tanladi.

YeChL. 2-tur. 28 sentabr

A guruhi

PSJ — Manchester Siti 2:0
Gollar: Guyye (8), Messi (74).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera, Guyye (Danilu, 90), Verratti (Veynaldum, 78), Messi, Neymar, Mbappe. 
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Diash, Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 68), Sterling (Jyezus, 78), Mahrez. 

Leypsig — Bryugge 1:2
Gollar: Nkunnu (5) — Vanaken (22), Rits (41).
Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Gvardiol, 46), Orban, Klostermann, Simakan (Adams, 78), Soboslai (A.Silva, 58), Kampl, Laymer (Aydara, 46), Forsberg, Nkunku , Poulsen (Brobbi, 79).
Bryugge – Minole, Mata, Balanta, Hendri, Nsoki, Sobol (Rikka, 79), Soua (van Bremept, 68), Rits (Vormer, 79), Vanaken, de Ketelare (Uesli, 72), Lang.