“Uşbu uruş strategik muvaffaqiyatsizlik böldi. Biroq biz bu uruşni oxirgi 20 kun yoki 20 oy içida yutqazmadik”, deb aytgan Milli senatdagi yiğilişda va muvaffaqiyatsizlikning sabablari ança oldinroqqa borib taqalişini qöşimça qilgan.

Amerikalik qömondon AQŞ Afğonistonda “Al-Qoida” terrorçi guruhini yöq qilganini, biroq hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelişiga qarşilik qila olmaganini aytgan.

“Barçamizga ayon, Afğonistondagi uruş biz istagandek tugamadi: Kobuldagi hokimiyatni toliblar egalladi”, deb qöşimça qilgan Milli.

Uning fikriça, AQŞ umumiy hisobda Afğonistondagi butun harbiy amaliyotning muvaffaqiyatsizligiga olib kelgan bir qator xato strategik qarorlar qabul qilgan.

Yiğilişda köplab kongressmenlar AQŞ qurolli kuçlari qömondonligini kelgusida bir xatoni qayta-qayta takrorlayvermaslik uçun yuz bergan voqealardan saboq çiqarişga çaqirişgan. Milli va Pentagon rahbari Lloyd Ostin bunga va'da bergan.

Yiğilişda respublikaçi kongressmenlar Afğonistonda hokimiyatni toliblar egallagani uçun javobgarlik endi AQŞ prezidenti Jo Bayden zimmasiga tuşişini isbotlaşga urinişgan. Demokrat kongressmenlar esa muvaffaqiyatsizlik uçun nafaqat Bayden, balki oxirgi 20 yil içida işlagan AQŞ ma'muriyatlarining barçasi javobgar ekanini aytişgan.

Milli va AQŞ markaziy qömondonligi rahbari Frenk Makkenzining ta'kidlaşiça, ular Oq uyga Afğonistonda muayyan muddatga 2,5 ming harbiyni qoldirişni tavsiya qilişgan, biroq ularning fikrlari inobatga olinmagan. Öz navbatida Oq uy matbuot kotibi Jyen Psakining ta'kidlaşiça, Bayden bu masalada barça fikrlarni eşitgan va oxir-oqibat butun qöşinni olib çiqişga qaror qilgan. Biroq Psaki Afğonistondan hamma qöşinni olib çiqişni AQŞ prezidentiga aynan kim maslahat qilganiga aniqlik kiritmagan.

AQŞ ma'muriyati Afğonistonda yuz bergan voqealarni mağlubiyat deb ataşni istamayapti. Rasmiy şaxslarning ta'kidlaşiça, Afğonistondagi asosiy maqsad “Al-Qoida”ga qarşi kuraş bölgan va u amalga oşirilgan. Şu sababli Afğonistonda qöşinlarni boşqa qoldirişga zarurat qolmagan.