Xalqaro Qizil xoç qömitasining Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi bölinmasi rahbari Aleksandr Mateu Afğoniston soğliqni saqlaş tizimi inqiroz yoqasida ekanini aytdi.

“Odamlar maoşsiz yana bir neça hafta işlaşga rozi bölişi mumkin, ammo vaqti kelib dori-darmonlar tugaydi. Çiroqni yoqa olmasang, klinikaga kelgan bemorlarga heç narsani taklif qila olmasang, eşiklarni yopişga töğri keladi”, – dedi Mateu.

Mateuning sözlariga köra, hozirda Afğonistonda 20 mingdan ortiq tibbiyot xodimi işsiz yoki maoş olmasdan işlamoqda. Ularning 7 ming nafardan ortiği ayollardir.

U şuningdek, agarda mamlakatda maoşlarni berişni tiklaş uçun mablağ bölmasa, qişda yirik gumanitar inqiroz yuz berişi mumkinligini aytdi.

Avvalroq JSST Afğonistondagi tibbiyot muassasalarining 20 foizdan kamroği faoliyat körsatayotgani, muassasalarning uçdan birida zarur dorilar qolmaganini ma'lum qilgandi.