Janubiy Koreya özining birinçi raketa taşuvçisini uçiradi. “Nurixo” deb nomlangan raketani Çolla-Namdo provinsiyasidagi Naro kosmodromidan uçiriş rejalaştirilgan.
Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda raketa uçiş maydonçasiga örnatilgan va uning barça tizimlari tekşiruvdan ötkazilmoqda. Ob-havo şaroitidan kelib çiqib, raketa parvozi 22 oktyabrdan 28 oktyabrgaça oraliqda amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.
“Nurixo” 200 tonna oğirlikka ega bölib, 1-poğonasida 4 ta 75 tonnalik, 2-poğonasida bitta 75 tonnalik va 3-poğonasida bitta 7 tonnalik digatel örnatilgan.
Raketani 600-800 km balandlikka 1,5 tonnalik foydali yuk maketi bilan uçiriş rejalaştirilmoqda. Agar parvoz muvaffaqiyatli ötsa, 2022 yil mayida raketa orbitaga 200 kilogrammlik sun'iy yöldoşni olib çiqadi. Bundan taşqari, Janubiy Koreya öz kuçlari bilan 1 tonnadan ortiqroq sun'iy yöldoşni orbitaga olib çiqa olgan dunyodagi 7-davlatga aylanadi.
“Nurixo”ning işlab çiqilişiga 2 trln von (1,8 mlrd dollar) ajratilgan.












