Şuni hisobga olgan holda Aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini 2021/2022 yillar kuz-qiş mavsumida sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida birinçi darajali ustuvor vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.

Ayni paytga kelib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilib, barça asosiy va yordamçi uskunalar mavsumga şay holatga keltirildi.
- Mavsumga tayyorgarlik doirasida joriy yilning aprel oyidan boşlab uskunalarda mukammal va joriy ta'mirlaş işlari amalga oşirib kelindi, — deb ta'kidlaydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boşqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov. – Uşbu işlarni amalga oşirişga 770,4 mlrd söm mablağ sarflandi, bu bilan ötgan yilgi amaldagi ta'mirlaş fondi (236,7 mlrd söm)ga nisbatan 325 foiz ösiş sur'atlari ta'minlandi. Ta'kidlaş joizki, köp yillardan buyon elektr stansiyalar ta'mirlaş fondi uçun bu kabi katta mablağ ajratilmagan edi. Şuning uçun joriy yilda mavsumga tayyorgarlik köriş borasida hukumatimizning alohida e'tibori va ğamxörligini qayd etiş kerak.

Ma'lumot örnida, joriy kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş doirasida 7 ta energoblok, 13 ta qozonagregati, 7 ta buğ-gaz qurilmasi, 2 ta turboagregat, 1 ta gaz-turbina qurilmasi va boşqa bir qator asosiy va yordamçi energiya uskunalarini ta'mirlaşga erişildi.

2021 yilning ötgan 9 oy davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari tomonidan 43,4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu yil boşidan buyon rejaga nisbatan, 105,7 foizga, ötgan yilning şu davriga nisbatan 110,8 foizga köp.
Reklama xuquqi asosida











