Jazoir va Fransiya munosabatlaridagi ziddiyat ortida Jazoir fransuz harbiy samolyotlariga öz hududidan uçişni taqiqlab qöydi, deb xabar berdi Le Figaro naşri. Bunga esa Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning Jazoir nomiga bildirgan tanqidiy fikrlari sabab bölgan. Avvalroq şu sababga köra Jazoirning Fransiyadagi elçisi ortga çaqirtirilib olingandi.

Makron Yelisey saroyidagi qarorgohida Jazoirda 1954 yildan 1962 yilgaça davom etgan mustaqillik uçun uruş qatnaşçilarining nabiralari bilan uçraşuvda Jazoir öz tarixini Fransiyaga adovat bilan yöğrilgan holda qayta yozganini, mamlakatni öşa uruş vaqtidan beri harbiy-siyosiy tuzum boşqarişini aytgan. Makronning bu sözlari ortida Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun Fransiyani mamlakatning içki işlariga aralaşuvda ayblagan va Fransiyadagi elçini ortga çaqirtirib olgan.

“Jazoir va Fransiya örtasidagi ziddiyat tobora kuçaymoqda. Le Figaröning ma'lumotlariga köra, Fransiya Jazoir hududi ustidan öz harbiy samolyotlarida boşqa uça olmaydi. U Mali şimolidagi “Barhan” amaliyoti doirasida Jazoir ustidan uçiş imkoniyatidan mahrum böldi”, deb yozilgan naşrda.

Fransiya boş ştabi bundan 3 oktyabr ertalab xabar topgan, biroq u bu haqda rasmiy ogohlantirilmagan.