Ta'kidlanişiça, siyosatçini Gruziyaga Elguja Tsomaya ismli haydovçi öz treylerida olib kelgan. U öz maşinasida Gruziyadan Ukrainaga kökat taşiş bilan şuğullanadi. Manbaning aytişiça, Saakaşvili butun yöl davomida maşinaning şamollatiş bölmasida ötirgan.

1 oktabr ertalab Saakaşvili ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma'lum qilgan. Keçga yaqin esa Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvili siyosatçi hibsga olingani haqida xabar bergan. Uning ta'kidlaşiça, Gruziya huquq-tartibot idoralari Saakaşvilining Ukrainadan Gruziyagaça harakatlanişi haqida ma'lumotga ega bölgan.

Gruziyada Saakaşvili bir neçta jinoiy iş böyiça aybdor deb topilgan va ularning ikkitasi böyiça sirtdan jazo hukmiga tortilgan. Jumladan, u prezident bölgan vaqtda öz vakolatlarini suiiste'mol qilganlikda ayblanadi.

Avvalroq Saakaşvili “Gruziyani qutqariş uçun vataniga qaytişini”, şu sababli mamlakatda ötadigan saylovlar kuni - 2 oktyabrga Tbilisiga aviaçipta sotib olganini ma'lum qilgandi. Öz navbatida, respublika rahbariyati siyosatçi Gruziyaga qaytgudek bölsa, uni turma kutayotganini aytgan.