Afğoniston milliy musiqa institutiga aloqador yuzlab afğonlar Kobulni tark etdi. Bu haqda institut direktori Ahmad Sarmast ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Portugaliya hukumati musiqaçilarga boşpana berişga rozi bölgan.
101 kişidan iborat guruhning yarmini talabalar, Zohra ayollar orkestri qatnaşçilari hamda bitiruvçilar, öqituvçilar va ayrim musiqaçilarning qarindoşlari taşkil etadi.
Ular yakşanba kuni Qatarga uçib ketişgan.
Institut asosçisi va rahbari Ahmad Sarmast Portugaliyada talabalarning öqişini taşkil etişni rejalaştirmoqda.
Yaqinda Afghan Dreamers robototexnik ayollar guruhi Meksikaga, ayollar futbol jamoasi esa Portugaliyaga uçib ketgandi.













