Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, Boyovutdagi 828 tup daraxtlarni ommaviy ravişda kesişga ruxsat berilişi yuzasidan qöşimça örganişlar olib borilgan.
Aniqlanişiça, 2021 yil 28 may kuni “Sirdaryo kökalam” DUK tomonidan Boyovut tumani hududidan ötgan 4R-30 avtomobil yölining ikki tomonida kökalamzorlaştiriş maqsadida 2021 yilning bahor oyida ekilgan manzarali daraxt köçatlarning tabiiy iqlim ta'siri natijasida qurib qolganlarini olib taşlaş yuzasidan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan. Murojaat yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Boyovut tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan tegişli tartibda örganişlar olib borilganda, jami ekilgan 9 turdagi 5 ming 371 tup manzarali daraxt köçatlaridan 828 tupi tabiiy iqlim ta'sirida qurib qolgani aniqlangan. Şu sababli ularning örnini yangi köçatlar ekiş şarti bilan qurigan köçatlarni olib taşlaşga ruxsat berilgan.

Eslatib ötamiz, Sirdaryo viloyati Boyovut tuman hokimining qarori bilan tuman hududidan ötgan 4-R-30 avtomobil yölining öng va çap qismida joylaşgan 8 turdagi 828 tup manzarali daraxtlarni kesişga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.












