Toşkent şahrida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar xatlovdan ötkaziladi.
Poytaxt hokimining qarorida belgilanişiça, xatlovda kasallangan, zararlangan, qurigan, inson hayoti va soğliği, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlarning soni, turi, holati, yoşi, geografik joylaşuvi va boşqa parametrlari hisobga olinadi.
Xatlov ötkaziş va ularning reyestrini şakllantiriş böyiça şahar işçi guruhi tuziladi.
Xatlov davomida davlat örmon fondiga kirmaydigan, tabiiy omillar va zararkunandalar taʼsirida kasallangan, zararlangan, qurigan, insonning hayoti va soğliği, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar aniqlanganda ular belgilangan tartibda ruxsatnoma olingan holda kesiladi.












