Kun.uz muxbiriga köra, tadbirda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov ham söz olib, tez kunda jadidlar asos solgan yana bir jurnal «Muştum» ham qayta tiklanayotganini ma'lum qildi.
«Özbekiston matbuoti» jurnalining bugun qayta naşr etila boşlagani juda yaxşi, lekin bizda yana bir jurnal borki, u ham 2019 yilda iqtisodiy qiyinçiliklar sabab öz faoliyatini tugatişga majbur bölgandi.
Bilasiz, «Muştum»ga jadidlarimiz asos solgan. Umuman olganda bu jurnal biz uçun bir qadriyat va uni yöqotib yuboriş katta xato bölar edi.
Yuzlab tanqidiy maqolalar, feletonlar jamiyatni turli illatlardan tozalaşda «Muştum»ning asosiy quroli hisoblangan. Halol va oşkora tanqid jamiyat va odamlar uçun haqiqiy malham bölişiga erişiş jurnalning boş mezonidir.
Sizlarga xursandçilik bilan aytmoqçimanki, bugun «Muştum» jurnalining qayta tiklanayotgan ilk sonini bosmaxonaga topşirdik. Nasib etsa, yaqin kunlarda uning ham taqdimotini ötkazamiz», – dedi Ösarov.

Foto: Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi
Jurnalning qaysi mablağlar hisobidan qayta tiklanayotgani haqida hozirça ma'lumotlar oçiqlanmadi.
Ma'lumot uçun, 1923 yildan naşr qilina boşlagan «Muştum» jurnaliga taraqqiyparvar, xalqparvar ziyolilar: Abdulla Qodiriy va Ğozi Yunuslar asos solgan.
Jurnal nomi Abdulla Qodiriy taklifi bilan şunday atalgan. Uning ta'biriça, bu şunçaki muştum emas, balki xalqning adolat muştumidir, ya'ni mazlumlarning zörovonlarga, nopoklarga, zulmkorlarga, ekspluatatorlarga qarşi muştumi ham bölişi kerak edi.
«Muştum»dagi ötkir maqola, feleton, hajviya va karikaturalar qisqa vaqt içida juda ommabop bölib ketdi. Abdulla Qodiriyning özi ham jurnalga 10 dan ortiq taxallus bilan köplab maqola, hajviya va feletonlar yozgan. Jurnalda xalqimiz taraqqiyoti, madaniyati, rivoji uçun tösiq bölgan har bir davrga xos kamçilik va nuqsonlar tanqid qilindi.
Jurnal uruş yillarida öz etiborini xalqimizning ruhini kötaradigan siyosiy plakatlar, rasmlarga qaratdi. Ayniqsa, 50–80 yillar «Muştum» ning eng rivojlangan davrlari bölgan. Undagi materiallar asosan qişloq xöjaligi, sanoat, savdo, fan-texnika ijtimoiy va maişiy mavzudagi maqolalar, rasmlar juda maşhur bölgan.

Öşa davrlarda bu jurnal mamlakatning birinçi raqamli naşri va Özbekiston Kompartiyasi MKning organi va davlatning mafkurasi ifodasi hisoblanar edi. Bu öziga xos oddiy mehnatkaş xalq uçun minbar vazifasini ham ötagan. Şikoyatlar obektiv örganilgan, qonunbuzarlik, nohaqliklarning oldi olingan, aybdorlarga çoralar körilgan, xalq bu jurnalga işongan.
Nafaqat yoş ijodkorlar uçun, balki xalqimizning köplab avlodiga ma'naviy ozuqa bergan, badiiy va estetik didini şakllantirgan, jonkuyar ustoz, tarbiyaçi vazifasini ötagan.
Öz vaqtida «Muştum» jurnali bir oyda ikki marta çop etilgan, bir oylik umumiy tiraji 1 500 000 dan oşiqni taşkil etggan. Özbekistonda deyarli bu jurnal kirib bormagan şahar, qişloq, tumanni, taşkilot va xonadonni topiş qiyin bölgan.
Mustaqillik yillarida jurnal tahririyati iqtisodiy muammolar girdobiga tuşib qoldi. Uning moddiy-texnika bazasi, kadrlar soni-salmoği zamonaviy talablar darajasida qayta şakllantirilmadi.
2017 yilga kelib «Muştum jurnali «Şarq» NMAK tomonidan atigi 1000 dona atrofida çop etilgani ma'lum.
Albatta, soğlom, xolis, obektiv tanqid jamiyat taraqqiyoti uçun mezon hisoblanadi va bu borada qayta tiklanayotgan «Muştum»ning ahamiyati doim yuqori bölgan.












