«Muştum» jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barça sahifalari faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda jurnal tahririyati xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, kelişmovçiliklar hamda iqtisodiy muammolar ijobiy tomonga hal etilgan. Bunda jurnal öquvçilarining hissasi ham borligi ta’kidlanmoqda. 

«Jurnalning taqdiriga befarq bölmaganingiz va çin dildan qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizlarga taşakkur!», deyiladi tahririyat xabarida. 

Avvalroq, «Muştum» jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barça sahifalari iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli faoliyatini töxtatişi e’lon qilingan edi. 

«Muştum» hajviya jurnaliga 1923 yil fevral oyida Abdulla Qodiriy tomonidan asos solingan. Jurnal tahririyati ötgan yili 100 yilligini nişonladi. 

Jurnal hajviy hikoyalar, felyyetonlar, tanqidiy maqolalar va fotosuratlari bilan öquvçilar orasida hurmat qozongan. Tahririyatning ta’kidlaşiça, jurnal jamiyatdagi illatlarga muştini körsatib, ular ustidan kulişi tufayli şunday nomlangan.