Tadbir yakunida vazirlik boşqarma boşliği Zafar Ortiqov Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.

— Bugungi kunda Özbekistonda yetiştirilayotgan paxtaning 17-18 foiz xosili texnika yordamida terib olinyapti. Bu borada kelgusi beş yillikdagi aniq rejalar haqida ma'lumot bersangiz.

— «Bugungi kun misolida fermer va klasterlar hisobida 1140 ta paxta teriş kombaynlari mavjud. Ularning barçasi hozirgi terim jarayonlariga jalb qilingan.

Umuman bu yilgi paxta rejasini 3 mln 400 ming tonna deb oladigan bölsak, uning 17-18 foizini şu maşinalar orqali terib olişimiz mumkin. Buning uçun ular 24 soat töliq işlaşi kerak.

2026 yilga borib bu körsatkiçni 70 foizga kötariş imkoniyatimiz mavjud. Xöş, qanday qilib bu natijaga erişamiz? Biz 2026 yilgaça paxta teriş texnikalarimizni özimizda işlab çiqariş va sotib oliş evaziga 9 mingtaga çiqaramiz. Ular bilan 70 foizgaça paxta hosili yiğib olinadi.

— Umuman qölda va texnikada terilgan paxta tolasi sifati borasida turli fikrlar bor. Aytingçi, qaysi usul bilan terilgan paxta tolasi sifatliroq böladi?

— Qölda terilganning sifati yaxşiroq, lekin texnikada uni yoğingarçiliklarga qoldirmay tezroq terib oliş mumkin.

Ilyos Safarov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhiddin Qurbonov.