AQŞ defolti töğrisidagi gaplar qayerdan kelib çiqdi?

1 avgustda AQŞda davlat qarziga çeklov kuçga kirdi. Bu çeklov 2 yil davomida amal qilmagandi. Kongress defolt yuz bermasligi uçun davlat qarzi limitini oşirişni 1 oktyabrgaça ma'qullaşi kerak edi. Ammo respublikaçilar bu taklifni bloklaşdi. Şundan söng AQŞ prezidenti Jo  Bayden defolt yuz bermasligiga kafolat yöqligini e'lon qildi.

Kongress davlat qarzi limitini oşirişni 18 oktyabrgaça ma'qullaşi lozim. Aks holda Vaşingtonda defoltning oldini oliş uçun resurslar tugaydi. Bu haqda AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen ma'lum qildi.

Defolt pandemiyadan söng tiklanişga harakat qilayotgan iqtisodiyot uçun falokat böladi. Real YaIM qariyb 4 foizga tuşib ketadi, qariyb olti million iş örni yöqotiladi, işsizlik darajasi esa 9 foizgaça ösadi. Bu haqda Moody’s xalqaro reyting agentligi yetakçi iqtisodçisi Mark Zandi öz tadqiqotida ma'lum qildi. Bunda faqat AQŞgina jabr çekmaydi.

AQŞdagi defolt – jahon iqtisodiyotining inqirozi

«360» suhbatlaşgan «Finam» kompaniyalar guruhi tahlilçisi Aleksey Korenevning qayd etişiça, agar AQŞda defolt yuz bersa, butun dunyo «qulaydi». Buning esa birgina oddiy sababi bor: AQŞ Ikkinçi jahon uruşi davridan boşlab butun dunyoni dollar va Amerika iqtisodiyotiga qaramlik tizimiga boğlab qöygan.

Dollar dunyodagi asosiy tölov tizimi hisoblanadi, deydi iqtisodçi. Barça tölovlarning 49 foizga yaqini dollar bilan boğliq. Şuningdek, jahon savdosining asosiy hajmi aynan dollarga töğri keladi. U eng işonçli valuta, AQŞ iqtisodiyoti esa eng yuqori reytingga ega.

«360» suhbatdoşining sözlariga köra, agar AQŞ 30 foizga “ötirib qolsa”, rivojlanayotgan davlatlarda 50-60 foiz pasayiş yuz beradi. Defolt yuz berganida AQŞ uçun asosiy qarzdor Xitoy ekanligi vaziyatni yanada oğirlaştiradi, çunki Xitoy dunyoning ikkinçi yirik iqtisodiyoti hisoblanadi.

«Agar Amerika qarzi qulasa, birinçi örinda Xitoy qulaydi. Qayerga qaramang, Xitoy bilan boğliq narsani körasiz: Xitoy telefoni, Xitoy televizori, Xitoy soati», — dedi Korenev.

Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Mixail Belyayevning qöşimça qilişiça, AQŞda defolt yuz bergan taqdirda dunyo iqtisodiyoti parokanda bölib ketadi.

«360»ning har ikkala suhbatdoşi AQŞda defolt yuz berişi ehtimoli kamligini qayd etişdi. Ularning fikriça, Amerika iqtisodiyoti hozirça barçasini uddalaydigan holatda.