Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Xitoy va Tayvan birlashishi kerakligini aytdi
Uning ta'kidlashicha, birlashuv tinch yo‘l bilan amalga oshishi lozim.
Foto: Getty Images
XXR raisi Si Tszinpin Sinhay inqilobining 110 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Xitoy va Tayvan birlashishi kerakligini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, birlashuv tinch yo‘l bilan amalga oshishi lozim.
«Vatanimizni birlashtirishdek tarixiy maqsad amalga oshishi shart, bu aniq amalga oshadi», — dedi Xitoy rahbari.
Si Tszinpin birlashuv Hongkong bilan bo‘lgani kabi «bir mamlakat – ikki tizim» tamoyili asosida amalga oshishini xohlashini aytdi.
Tayvan hukumati bunga javoban orol kelajagi uning aholisi ixtiyorida ekanligini ma'lum qildi.
Tayvan rasman Xitoyning bir qismi bo‘lib, orol o‘zini mustaqil deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026