Şvetsiya qirollik fanlar akademiyasi iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindorlari nomini e'lon qildi.
Mukofotni Devid Kard, Joşua Engrist va Gvido Imbens qölga kiritdi.

Ötgan yili uşbu yönaliş böyiça mukofot «kimoşdi savdolari nazariyasini takomillaştirgani va kimoşdi savdolarining yangi şakllarini ixtiro qilgani» uçun amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga nasib etgandi.
Ötgan haftada qator yönalişlarda Nobel mukofoti sovrindorlari ma'lum bölgandi. Tinçlik böyiça mukofot «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga, adabiyot yönalişida – tanzaniyalik yozuvçi Abdulrazzoq Gurnaga berildi. Kimyo yönalişidagi mukofotni Benjamin List va Devid Makmillan, fizika yönalişida Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe qölga kiritdi. Tibbiyot yönalişidagi mukofot amerikalik tadqiqotçilar Devid Julius va Ardem Pataputyanga berildi.












