Jurabek Laboratories MÇJ qöşma korxonasida işlab çiqarilayotgan Sputnik V vaksinasi 1- va 2-komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatiga topşirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu Özbekistonda tayyorlanayotgan ikkinçi vaksina bölib, bundan avval uşbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 xitoy-özbek vaksinasi işlab çiqarilgan bölib, uning 1 458 820 dozasi emlaş uçun topşirilgan.
Şunday qilib, Özbekistonda emlaş jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani taşkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 720 500 dozasi Sputnik V,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Şundan 22 721 129 dozasi emlaş jarayonlarida qöllangan bölib, 5 226 139 nafar kişi koronavirusga qarşi barça bosqiçlarda töliq emlandi.












