AQŞdagi Pitsburg xalqaro aeroporti rahbariyati bir yarim mingdan ortiq buyumni kimoşdi savdosiga qöyişga qaror qildi, ular orasida aeroport avtoturargohida qoldirib ketilgan avtomobillar ham bor.

Avtoturargohda bir neça yildan buyon turgan önta avtomobil borligi aniqlandi. Ular orasida 1999 va 2009 yilda işlab çiqarilgan Nissan Maxima va Titan, 2009 va 2013 yilda işlab çiqarilgan GMC Acadia va Terrain hamda Chevrolet Impala va Trailblazer avtomobillari bor.

Foto: Joerpylauctions.com

Bulardan taşqari, 2007 yilgi Pontiac G6, 2005 yilgi Toyota Sienna va 2002 yilgi BMW 530i maşinalari ham ança yillardan beri çang bosib yotibdi. Eng yangi avtomobil esa 2015 yilda işlab çiqarilgan MINI Cooper S hisoblanadi.

Aeroport vakillari maşinalar nima uçun turargohda qoldirib ketilganidan bexabar.

Kimoşdi savdosida avtomobillardan taşqari qor tozalaydigan maşina, oğir traktorlar, aerodrom öt öçiruvçi maşinasi ham sotiladi.

Şuningdek, savdoga aeroportda tuşirib qoldirilgan mingga yaqin turli buyumlar, jumladan qariyb 500ta elektron gadjet qöyiladi.