Qömita ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va şaharlari orasida doimiy aholisi soni eng köp bölgan hududlar quyidagiça:

  • Namangan şahri – 657 ming kişi;
  • Samarqand şahri – 559,4 ming kişi;
  • Urgut tumani – 528,9 ming kişi;
  • Andijon şahri – 456,4 ming kişi;
  • Çiroqçi tumani – 428,8 ming kişi;
  • Denov tumani – 397,3 ming kişi;
  • Olmazor tumani – 383,1 ming kişi;
  • Past Darğom tumani – 365,3 ming kişi;
  • Yunusobod tumani – 356,9 ming kişi;
  • Şayxontohur tumani – 352,8 ming kişi.

Şuningdek, Statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 1 oktabr holatiga doimiy aholisi soni eng kam bölgan hududlar quyidagiça:

  • Ğozğon şahri – 8,9 ming kişi;
  • Tomdi tumani – 15,3 ming kişi;
  • Qorovulbozor tumani – 18,9 ming kişi;
  • Bözatov tumani – 21,8 ming kişi;
  • Şirin şahri – 19 ming kişi;
  • Yangiobod tumani – 28,9 ming kişi;
  • Möynoq tumani – 32,8 ming kişi;
  • Konimex tumani – 36,6 ming kişi;
  • Uçquduq tumani – 38,1 ming kişi;
  • Ohangaron şahri – 39,9 ming kişi.

Avvalroq, Özbekistonda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oşgani ma'lum bölgandi.

1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kişini taşkil etmoqda. Bunda ayollar soni 17 432 730 nafarga teng bölsa, erkaklar soni 17 646 460 nafarni taşkil qilgan. Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga köp.