Moskva transport departamenti metro bekatlaridagi özbek va tojik tillaridagi yozuvlar olib taşlanmasligini ma'lum qildi. Departamentning rasmiy bayonoti Readovka Telegram-kanalida joylaştirildi.
Ma'lum qilinişiça, «Prokşino» va «Lesoparkovaya» bekatlaridagi qöşimça tillardagi yozuvlar Moskva migratsiya markaziga boradigan xorij fuqarolariga qulaylik yaratiş maqsadida joylaştirilgan.
«Tojik va özbek tillaridagi ma'lumotlarni olib taşlaş va ularning örniga ingliz tilidagi yozuvlarni joylaştirişni hozirça maqsadga muvofiq emas deb hisoblayman», — deb ta'kidlagan metroning yölovçilarga xizmat körsatiş bölimi boşliği Roman Priganov.
Ma'lumot berilişiça, avvalroq «Prokşino» va «Lesoparkovaya» bekatlari yaqinida yaşovçi aholi bu yozuvlarni olib taşlaşni sörab murojaat qilgan.












