“Tolibon” harakati Afğonistonda qişloq xöjaligi sohasida soliqçilikning yangi şaklini joriy etişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi TASS.

“Moliyaviy va ma'muriy masalalar böyiça vazir örinbosari Fazl Albariy Fazliy raisligida ötkazilgan yiğilişda zakot va uşr soliqlarini joriy etiş masalasi muhokama qilindi”, – deyiladi mamlakat qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vazirligi xabarida.

Qayd etilişiça, uşbu çoralar vazirlik daromadlari miqdorini oşiriş va islomiy qoidalar talablariga asoslanadi.

Afğoniston iqtisodiyotida qişloq xöjaligi muhim örin tutadi: mamlakatdagi barça işçi kuçining 44 foizi agrar sektorga töğri keladi.

Toliblar mamlakatning katta qismini nazorat qilgan 1996-2001 yillarda ham Afğonistonda zakot va uşr soliqlari joriy etilgandi.