Ta'kidlanişiça, Lancia Fulvia modelidagi maşina 1927 yilda tuğilgan, gazetalar sotiladigan kiosk egasi Andelo Fregolenta ismli şaxsga tegişli. Avval erkak maşinasi içida sotilmay qolgan gazetalarni va yangi tovarni saqlagan. Biroq u 2 yil avval nogironligi tufayli işlamay qöygan. Şaharning öziga xos diqqatga molik obektlaridan biriga aylangan maşina öşandan beri böş turibdi.

Ma'lumotlarga köra, maşina dastlab Paduyada ötadigan Vintage Auto Moto 2021 avtomobil körgazmasida namoyiş qilinadi, söngra ta'mirlaş uçun Viçensa şahriga olib ketiladi. Maşina restavratsiyadan keyin Konelyanodagi enologik (uzumçilik va vinoçilik) maktab boğiga qöyiladi.

“Fulvia tarixi butun dunyoga yoyildi va biz befarq qololmadik. Şunda uni avtosalonga olib boriş ğoyasi paydo böldi. U yerda maşinani köriş mumkin böladi”, deb aytgan avtohavaskor Paolo Pikko.