Foto: KUN.UZ

“Tolibon” harakati tuzgan Afğoniston muvaqqat hukumati Özbekiston oldidagi elektr energiya böyiça qarzdorlikni töliq uziş majburiyatini öz zimmasiga oldi. Bu haqda Özbekiston boş vaziri örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.

“Biz muhokama ötkazdik, muvaqqat hukumatning energetika yönalişi böyiça mas'ul vakillari, “Afğoniston elektr tarmoqlari” [EKA] kompaniyasi vakillari böldi. Vaziyat imkon berişi bilan - hozirda bu mamlakatda bank tizimi faoliyati va muvaqqat hukumatning tan olinişi bilan boğliq masalalar bor, EKAdagi hamkorlar mavjud qarzni zudlik bilan uzadi. Ammo bunga qaramasdan, biz elektr energiya yetkazib berişda davom etamiz”, – dedi u rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida.

Umurzoqovning sözlariga köra, Toşkent Kobulga elektr yetkazib berişni bir soatga ham töxtatmadi, Afğoniston Özbekistondan ehtiyojiga muvofiq elektr energiyasini töliq hajmda olmoqda.

16 oktyabr kuni Termiz şahrida Özbekiston va Afğoniston delegatsiyalarining işçi uçraşuvi bölib ötgandi.

Xabar qilinişiça, muzokaralar çoğida savdo-iqtisodiy aloqalar, çegara xavfsizligini ta'minlaş, energetika, xalqaro yuk taşiş va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.