Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 10 mamlakat elçilarini persona non grata deb e'lon qiliş masalasi elçixonalarning Turkiyaning işlariga aralaşmaslik töğrisidagi bayonotlaridan söng yeçim topganini bildirdi.
Duşanba kuni AQŞ va boşqa mamlakatlar elçixonalari elçilarning boşqa mamlakatlarning içki işlariga aralaşmasligi töğrisida bayonot berdi.
“Ayrim mamlakatlar elçilari bizning suverenitetimizni nişonga olgandi. Bunday bayonot bizning sudyalar, advokatlarimiz uçun katta haqorat hisoblanadi. Turkiya sudi mustaqil va heç kimning buyruğiga böysunmaydi. Şu bois bunday haqoratga javob qaytariş – bizning burçimiz. Biz inqiroz paydo qilmoqçi emasmiz, ammo mamlakatimiz huquqlari, manfaati va ğururini himoya qilişni istaymiz. Bugun elçixonalarning bayonotlaridan söng vaziyat özgardi”, – dedi Erdöğan.
Erdöğanning sözlariga köra, u elçilar bundan buyon Turkiya haqidagi bayonotlarida e'tiborliroq bölişlariga işonadi.
18 oktabr kuni AQŞ, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elçilari qöşma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan huquq faoli Usmon Kavala böyiça masalaga tezkorlik bilan adolatli yeçim topiş söralgan edi. Elçilar faolning hibsda saqlanişi Turkiya uçun “kölanka” ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10 ta mamlakat elçilari Turkiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan.
21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQŞ, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elçilarini mamlakat sudi işlariga aralaşişgani uçun tanqid qilgan. Keyinroq esa ularni mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qildi.












