Janubiy Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Ro De U Seulda vafot etdi. Bu haqda uning yordamçilariga asoslanib Yonhap agentligi xabar berdi. 

Sobiq prezident yaqinda soğliği yomonlaşgani sababli kasalxonaga yotqizilgan. Şifokorlar unga yordam bera olmadi

U mamlakatni 1988 yildan 1993 yilgaça boşqargan. Uning boşqaruvi davrida Janubiy Koreya sobiq sovet ittifoqi bilan diplomatik aloqalar örnatgan.

Ro De U 1932 yilda tuğilgan, 1950-53 yillarda Koreya uruşida qatnaşgan, armiya zobiti bölgan. U maktabda öqigan çoğida keyinçalik 1980-88 yillarda mamlakatga rahbarlik qilgan Çon Du Xvang bilan döstlaşgan. Ro va Çon 1955 yilda birgalikda Koreya harbiy akademiyasini tamomlagan, 1979 yilda Ro De U general maqomini olgan.

1979 yil oktyabrida mamlakatda iqtisodiy islohotlar ötkazgan prezident Pak Çon Xi öldiriladi, dekabrda Çon va boşqa bir neça ofitserlar davlat töntarişi amalga oşirişadi. Öşa vaqtda yuqori martabali qömondon bölgan Ro unga hal qiluvçi yordamni körsatadi va Çon Du Hvang boşqaruvidagi xunta a'zosi böladi. Çon 1980 yil avgustida mamlakat prezidentiga aylanadi.

1981 yilda Ro harbiy xizmatdan iste'foga çiqadi va keyinroq qator vazirliklarda rahbar lavozimlarini egallaydi, jumladan siyosiy masalalar böyiça vazir (1981), sport vaziri (1982) va içki işlar vaziri (1982) böladi. 1983-86 yillarda Seul olimpiya taşkiliy qömitasi rahbari sifatida u Janubiy Koreyani 1988 yilda Seulda ötkazilgan Yozgi Olimpiya öyinlariga tayyorlaydi.

Ro De U 1987 yilgi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonadi (u koreyaliklarning demokratik yöl bilan saylangan ilk prezidenti bölgan) va 1988 yil 25 fevraldan özining beş yillik muhlati uçun lavozimga kirişadi.

Prezidentlik davrida Ro Janubiy Koreya siyosatini demokratizatsiyalaştiriş yölidan boradi. Uning hukumati SSSR va Xitoy bilan diplomatik munosabatlar örnatadi, mamlakat 1991 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti safiga qabul qilinadi va öşa yili Şimoliy Koreya bilan özaro hujum qilmaslik töğrisida bitim imzolanadi.

1993 yil fevralida Ro De U örniga prezidentlikka Kim Yon Sam keladi, köp ötmay u aksilkorrupsiya islohotlari doirasida Ro va Çonga qarşi iş oçtiradi.

1993 yilda Ro De U korrupsiyada ayblanib hibsga olingan, söngra 1980 yilgi Kvanju namoyişlarini kuç bilan bostirişga boğliq holda vatanga xiyonatda ayblangan. 1996 yil avgust oyida Ro De U 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, keyinroq uning jazo muddati 17 yilga qisqartiriladi, 1998 yilda esa afv etiladi.