Uzbek.life portali xorijdagi vatandoşlarimiz hayoti haqida ma'lumot beruvçi suhbatlarni davom ettiradi. Bugungi mehmon vatandoşimiz Mastercard kompaniyasi dasturçisi Saidbek Arslonov.
Men Toşkentda tuğilib voyaga yetganman. Olmaliq tibbiyot kollejini tamomlaganman. Şu bois köpçilik qiziqadi, nega bu sohadan ketmadim? Dasturlaş va tibbiyotni bir-biriga uzoq soha deb baholaşadi. Menda özi kiçikligimdan kompyuterlarga qiziqiş katta bölgan. Aynan dasturlaş sohasi orqali ham tibbiyotni rivojlantiriş mumkin. AQŞga 9 yil oldin oilaviy köçib kelganmiz. Hozir Mastercard kompaniyasida dasturçi bölib işlayman.

Amerikada iş topiş va işlaş
Boşida hamma işga rozi bölaverasiz. Men ham ilk borgan vaqtim restoranda ofitsiant yordamçisi bölib işlaganman. Ofisiant yordamçisining vazifasi mijozlar ovqatlanib bölgandan keyin, idişlarni yiğib oliş va ularni idiş yuvişga olib boriş edi. U mijozlarning özi bilan bevosita gaplaşmaydi. Ofisiantlar tuşgan çoy-çaqa pulidan ularga ham berişadi. Mana şu işda işlab yurganman. Keyin dorixonada işlaganman, u yerda qöpolroq qilib aytganda, yugurdak vazifasini bajarganman. Ya'ni asosan buyurtma qilingan dorilarni uyga yetkazib beriş yoki dorixonaga yuklar kelganda, uni tuşiriş mening vazifam edi. Bu sohada bir yildan köp vaqt işlaganman. Keyin menga maşina haydaşni maslahat berişgan. Sababi aynan maşina haydaganda istagan vaqtingda işlaş va istagan vaqtingda öqiş imkoniyati bor deb aytişgan. Albatta, menda ham öz işimni topgunimça qiyinçiliklar bölgan. Lekin yonimdagi insonlar menga töğri yöl körsatişgan. Dasturlaş sohasiga kirganimdan söng hammasi yaxşi böla boşlagan. Keyin dasturlaş sohasini çuqurroq örganişga harakat qilganman.

Muvaffaqiyatga erişişda motivatsiyaning örni
Muvaffaqiyatga erişişimda menga eng köp yordam bergan va har doim meni qöllab turadigan inson bu mening akam. Muvaffaqiyat faqat omadga boğliq deb öylamayman, lekin mening omadim bu dadamga Grin-karta çiqqani va AQŞga kelganim. Lekin hamma Amerikaga kelganlar ham harakat qilmaydi. Çunki bu yerda dasturlaş sohasini örganib yaxşi iş topiş mumkin, aynan dasturlaş sohasiga Amerikada talab katta va universitetda öqigan böliş ham şart emas. Endi motivatsiyaga keladigan bölsak, menda aynan yaxşiroq joyda işlaş uçun yaxşiroq pul topiş uçun motivatsiya paydo bölişiga, albatta, atrofimdagi insonlar sabab bölişgan. Boşida aytganimdek qora işlarda işlab yurganimda mening atrofimdagi özbeklar ham aynan şu kabi işlarda işlaşardi. Men ham ularga qarab, yaşab yuribman-ku degan fikr bölgan. Lekin keyinçalik, boşqa ştatga köçganimizda atrofimdagi özbeklarni yaxşiroq işda işlayotganini, yaxşiroq pul topayotganini körib, menda ham harakat qilişga motivatsiya paydo bölgan. Öşa atrofimdagi yaxşiroq işda işlaydigan insonlar şanba va yakşanba kunlari dam olişga ketişardi, ular haftada 3 yoki 5 kun işlaşardi. Menda esa pitssa markazida işlayotganimda şanba va yakşanba kunlari iş juda köp bölardi. Ular esa bu kunlarda dam olişga ketişardi. Şunda bilganman, odam atrofiga kuçli insonlarni yiğişi kerak va şundagina siz ularga qarab yaxşiroq harakat qilişni boşlaysiz.

Dasturlaş sohasini örganiş böyiça tavsiya
Köpçilik insonlar dasturlaş sohasini agar pul uçun örganmoqçi bölsang örganmay qöya qol deb aytadi. Lekin men bu fikrga qöşilmayman. Köpçilik özi aslida dasturlaş sohasini yaxşi pul topiş uçun örganadi. Bu bor haqiqat, lekin çin dildan xohlab, bu kasbni egallagan va dasturlaş sohasisiz uxlolmay çiqadigan insonlar mingtadan bitta yoki 10 mingtadan bitta bölişi mumkin. Aynan mana şunday insonlar katta-katta korporatsiyalar va kompaniyalarni yaratadigan insonlar böladi. Ular sohaga yangilik olib kiradi. Dasturlaş sohasini örganaveriş kerak. Yangi boşlayotganlarga tavsiyam, özi mustaqil internetdagi manbalardan foydalanib örganib körsin. Dasturlaşda qanday sohalar bor, qanday tarmoqlar bor?! Agar bu sohani örganib keta olişiga, ya'ni işlab keta olişiga közi yetsa, keyin biror joyga borib öqişni maslahat bergan bölardim. Agar bu soha menga emas ekan deb öylasa bemalol boşqa sohadan keyin ketişi mumkin. Dasturlaşni endi örganişni boşlayotganlar uçun yana bir tavsiyam, Frontend dasturidan boşlaşsa yaxşiroq deb hisoblayman.

AQŞ çindan sehrli diyormi?
Amerikaga borib kelgan bu yerda yaşagan insonlarni hammasi ham yomon taraflari haqida gapirib bermaydi. Masalan, Amerikada kredit tizimi juda ommalaşgan. Uyni ham, maşinani ham insonlar uzoq muddatga kreditga olişadi. Agar u inson yaxşi işda işlamasa va katta oylik olmasa, kreditni tölaşga qiynaladi. Şuning uçun ham Amerikada bankrot yoki öz joniga qasd qiliş kabi holatlar köp böladi. Amerika orzusi deganda faqat maşina oliş, uy oliş yoki yaxşi yaşaşning özi emas. Bu yerdagi juda köp insonlarning uyi ham, maşinasi ham aslida öziniki emas, hali uzoq muddat davomida kredit tölaşi kerak. Aytganimdek, bu yerda agar ular öz işini yöqotib qöysa yoki bankrot bölsa, öz joniga qasd qiliş holatlari ham köp böladi. Bizda esa köpinça unday emas. Insonlar pul töplab maşina yoki uy oladi. Hammaning ham Amerikada işlab kelgan yoki yaşaydigan tanişlari öz qiyinçiliklarini aytmaydi. Amerikada iş topişda qiynalganini yoki uyqusiz tunlari haqida odatda gapirişmaydi.

Amerikaga kelişdan oldin
Amerikaga kelişdan oldin meni tavsiyam ingliz tilini yaxşi örganiş kerak. Şunda iş jarayonida qiyinçilik kamroq böladi. Şuningdek, yaxşi maoşli iş topişda sizdan kasbiy mahorat ham talab qilinadi. Agar öz işingiz ustasi bölsangiz yaxşi haq evaziga iş topasiz. Masalan, men bu borada Amerikaga keluvçilarga bemalol dasturlaş sohasini tavsiya qilaman. Boisi, bu sohada iş topiş oson, talab bor. Agar siz boşqa mamlakatga ketayotgan bölsangiz, avval u mamlakatni yaxşilab örganing. Qaysi kasblarga ehtiyoj borligini bilsangiz, iş topişingiz ham osonlaşadi. Eng muhimi esa, qiyinçiliklardan ötib olgunça sabr qiling. Dasturlaşni örganib, yaxşi iş topsangiz keyin hammasi öz joyiga tuşib ketadi. Özim ham 30 ga yaqin yurtdoşimizga dasturlaşni örgatib, qora işlardan çiqib, yaxşi kompaniyalarda dasturçi sifatida öz işlarini topişlarida yordam berganman. Eng muhimi, çin dildan harakat qiliş va maşaqqatlarni yengib ötiş orqali maqsadga erişiş mumkin.

Mastercard kompaniyasiga işga kiriş
Amerikada dasturlaş sohasi böyiça nafaqat Mastercard, balki boşqa kompaniyalarda işga kiriş tizimi bir-biridan farq qiladi. Agar siz Amerikada bölsangiz va dasturlaş sohasi böyiça işga kirmoqçi bölsangiz, iş böyiça e'lon orqali işga kiriş qiyin. Masalan, men heç qaçon e'lon berilgan iş böyiça öz ma'lumotlarimni jönatmayman. Boisi menga öxşagan işga kirmoqçi bölganlar minglab topiladi va mening hujjatlarim e'tiborsiz qolib ketişi aniq. Eng yaxşisi, özingiz haqingizdagi ma'lumotlarni ya'ni obektivka körinişida tayyorlab, iş topiş böyiça turli veb-saytlarga joylaş orqali yaxşi iş topişingiz mumkin. Bunda sizga ularning özlari iş taklif qiladi va suhbat jarayonida sizdan biron-bir dasturda işlab berişni söraşlari mumkin yoki ular sizni dasturlaş sohasida bilimingiz qay darajada yaxşi ekanligini tekşirişadi. Özimga keladigan bölsak, Mastercard kompaniyasiga işga kiriş unçalik ham qiyin bölmagan. Sababi dasturlaş sohasida undan avval ança yillardan beri faoliyat yuritib kelardim. Işga kiriş jarayonida uçta inson bilan intervyu bölgan. Boşlanişida mendan şu kabi holat bölganda nima qilgan bölarding deb savol berişgan. Ular mening javobimdan va suhbat jarayonida bilim darajamni bilişgan söng oddiygina suhbatlaşib ötirganmiz. Ba'zi kompaniyalarda esa işga kiriş jarayoni qiyin. Intervyu davomida masalalar yeçişingiz kerak yoki ular bilim darajangizni çuqur tekşirişadi, lekin oxirida işga olmasliklari ham mumkin.
Özim işlaydigan kompaniya Mastercard haqida gapiradigan bölsam, bu kompaniya juda katta, lekin kiçik jamoalarga bölinib işlaymiz.

Şaxsiy rivojlaniş juda muhim
Hozir pandemiya şaroitida onlayn, ya'ni uydan turib işlayapmiz. Eng muhimi esa örganiş jarayonidagi barça qiyinçiliklardan ötib olsangiz va yaxşi işga kirsangiz, keyin hammasi yaxşi bölib ketadi. Masalan, men kirgan kompaniyada iş unçalik ham qiyin emas. Öz ustimizda işlaşga şaxsiy rivojlaniş uçun ham vaqt ajratib oladi, bemalol biz jamoa bölib işlaymiz. Kuniga 8 soat iş qolgan paytda özingizga vaqt ajratişingiz mumkin böladi. Masalan, Mastercard kompaniyasida 2 haftada bir marta şaxsiy rivojlaniş uçun iş kunidan bir kun qöşimça dam oliş beriladi. Lekin dasturlaşni örganib, işiga kirib olgunga qadar sizda köplab qiyinçiliklar böladi va mana şu jarayondan ötganlargina özining maqsadiga yetadi.

10 yil ortga qaytiş imkoniyati bölganda
Menda bunday imkoniyat bölganda köproq dars qilgan bölardim. Hozir öylab qolaman, şu narsalarni maktab vaqtida örgansam bölmasmidi?.. Maktabda özi nima qilganman deb öylayman? Agar vaqt orqaga qaytib kelganda köproq bilim olib, dars qilişga harakat qilgan bölardim. Boşqa insonlarga ham köp öqib, kuçli bilimga ega bölişlarini va vaqtlarini bekor ötkazmaslikni tavsiya qilardim.

Kelajakdagi rejalar
Eng avvalo, Özbekistonga qaytiş niyatidaman. Eng birinçi navbatda, Özbekistondagi ta'lim tizimini rivojlantirişga hissa qöşmoqçiman. Maqsadlarim katta, köplab xorijiy tillardagi bilim örganişga qaratilgan ta'lim jarayonida qöllaniladigan platformalarni özbek tiliga tarjima qilişni va mana şu dasturlar orqali ta'lim sifatini oşirişni xohlayman. Men özim ham aynan Özbekistonda dasturlaş sohasi böyiça bilimli yoşlarni yetiştirib çiqarişga harakat qilaman.
Maşhura Rahmonova suhbatlaşdi











