Hujjatda aytilişiça, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining valuta xatarlarini kamaytiriş uçun 1 million AQŞ dollarigaça miqdorda xorijiy valutada ajratilgan kreditlar milliy valutaga ötkazib berilyapti.
Tijorat banklaridan xorijiy valutada olingan kreditlar milliy valutaga ötkazilganda amaldagi kompensatsiya taqdim etiş töğrisidagi şartnomalari mavjud bölgan tadbirkorlik sub'yektlarining ekvivalenti 1 million AQŞ dollaridan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oşmaydigan kreditlarning asosiy stavkadan oşadigan, lekin 5 foizli punktdan köp bölmagan qismi böyiça foiz xarajatlarini qoplaş uçun Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi.
Jamğarmaga mazkur kreditlar böyiça amaldagi kompensatsiyalar miqdorlarini qayta hisob-kitob qilib, ularning umumiy miqdorini mutanosib ravişda özgartirişga ruxsat etiladi.
2021 yil 1 noyabrdan boşlab Özbekiston nomidan çet el valutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalaştiriş uçun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari (XMI va XHMT) mablağlari hisobidan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada iştirok etuvçi moliya taşkilotlariga 10 yildan kam bölmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlaniş agentligi XMI va XHMTlar iştirokida qayta kreditlanadigan loyihalar böyiça mas'ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihalar doirasida moliyalaştirilgan subloyihalar töğrisida, şuningdek, ularning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har çorak yakuni böyiça axborotni öz rasmiy veb-saytida muntazam e'lon qilib boradi.












